Bizning yutuqlarimiz
Shahrisabz shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi yillar davomida yuzlab o‘quvchilarni musiqiy va badiiy ijodga yetaklab kelmoqda. Maktab jamoasi o‘z ishiga fidoyilik bilan yondashib, har bir iste’dodni asrab-avaylash, rivojlantirish va sahnaga olib chiqishga harakat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Toshkent shahar Madaniyat Bosh Boshqarmasi O'zbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorligida "Qalb" Respublika iqtidorli yosh ijrochilar onlayn tanlovi bo‘lib o'tdi.
2022-yil 15-mart kuni San'at yo'nalishi bo'yicha Respublika
tanlovining viloyat bosqichi Qarshi shahrida bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda Shahrisabz shahar 2-son BMSM Tasviriy
va amaliy san'at, Xoreografiya bo’limi o'quvchilari ishtirok etdi. "Minatura va naqqoshlik" yo’nalishi bo’yicha
BozorovaXusnida ishtirok etib, II-darajali diplom bilan taqdirlandi.
2022-yil 14–mart kuni Shahrisabz shahar 2-son BMSM O'zbek xalq cholg'ulari bo'limi o’quvchisi Jovliyeva Sevinch “Mузыкальнаявесна” deb nomlangan Xalqaro onlayn tanlovda ishtirok etib I- darajali diplom bilan va Mutaxassislik o'qituvchisi Sultonova Ozoda ham tanlov hayatlari tomonidan “Diplom” bilan taqdirlandi.
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi" respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o'tdi. Fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha bizning o'quvchilar faxirli o‘rinlarni egallashdi.
“Yosh
maqomchilar” Respublika ko’rik-tanlovining yakuniy bosqichida bizning “Yosh maqomchilar” ansambli ishtiroketib, faxrli 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.
O‘quvchilarimiz viloyat va respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlar, festivallar, sinf konsertlari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, ko‘plab faxrli o‘rinlar, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.
Ularning muvaffaqiyati — bu nafaqat iste’dod, balki har kunlik mehnat, ustozlar mehr-matoni va maktab jamoasining jipsligi samarasidir.



