Skip to Content

Yangiliklar

Bugungi kunda Yurtimizda 1-oktyabr Ustoz va Murabbiylar kuni keng nishonlanib kelmoqda

Shahrisabz shahar 2-son Bolalar musiqa va san'at maktabi yosh o'qituvchilari ham ustoz Uzoqova Mavluda Sa'dullayevnani ham yangi "Madaniyat va san'at fidokori"ko'krak nishoni bilan e'zozlanganliklari bilan va Ustoz va Murabbiylar kuni bilan tabriklashdi!

Xushxabar

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 1-oktabr ʼʼUstozlar va murabbiylar ʼʼ kuni munosabati bilan tadbir tashkil etilib bu tadbirda Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tizim tashkilotlaridan bir guruhi ʼʼMadaniyat va sanʼat fidokoriʼʼ, ʼʼXalq taʼlimi aʼlochisiʼʼ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. 

Koreys xalq cholg'ulari orkestri  Shahrisabzda

Janubiy Koreyaning "Iksan" Koreys xalq cholgʼulari orkestri jamoasi navqiron Shahrisabz shahridagi  Amir Temur hiyobonida oʻz konsert dasturini namoyish etdi.

O'zaro hamkorlik mustahkamlanmoqda

Avval xabar berganimizdek...Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i I.TURAYEV   hamda Koreya orkestri jamoasi rahbari  OH SUK SHIN boshchiligida  KONFERINSIYA boʼlib oʻtdi.
Unda ikki davlatning madaniyat va sanʼati milliy qadriyatlari va kelgusidagi hamkorlik xususida soʻz yuritildi. Mazkur uchrashuvni oʻtkazishdan maqsad — xalqlar oʻrtasidagi madaniy hamkorlik va muloqotning barcha shakllarini rivojlantirish, madaniy yutuqlarni oʻzaro almashish, birgalikdagi milliy madaniyatlarning oʻzaro boyishiga faol koʻmaklashishdan iboratdir. Jamoasi rahbari  OH SUK SHIN Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi boshligʻi I.Turayev boshchiligidagi tashkilotchilarga va Shahrisabz shahar 2 - son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi deriktori T.Majidovga oʻz minnatdorchiligini bildirib, bu hamkorlik ikki davlatni madaniyat va sanʼatini namoyon etishdagi ilk qadam ekanligini taʼkidladi. Konferensiya soʻngida xalqlar  qadriyatlarini tarannum etuvchi estalik sovgʻalari topshirildi.

Qabul davom etmoqda

Shahrisabz shahar 2-son Bolalar musiqa va san'at maktabi iqtidorli o'quvchilarimizni o'z bag'riga chorlamoqda